
Qirg'iziston futbol ittifoqi matbuot xizmati ma'lum qilishicha, Qirg'iziston terma jamoasining yangi bosh murabbiyi sifatida «Real» va «Barselona»ning sobiq futbolchisi, Xorvatiya terma jamoasi safida JCh-1998ning bronza medali sohibi Robert Prosinechki tayinlandi. 56 yoshli mutaxassis bilan tuzilgan shartnoma bir yil va bir oy muddatga mo'ljallangan. Agar Qirg'iziston terma jamoasi Osiyo Kubogi-2027da muvaffaqiyatli ishtirok etsa, shartnoma yana uch yilga uzaytirilishi mumkin.Prosinechkining oxirgi ish joyi Chernogoriya terma jamoasi bo'lgan. Ungacha u Bosniya va Gertsegovina, Ozarbayjon milliy jamoalarini, shuningdek «Tsrvena Zvezda» va «Qayserispor» klublarini boshqargan.JCh-2026 saralash bosqichida Chernogoriya xorvat mutaxassisi qo'l ostida Xorvatiya, Chexiya, Farer orollari va Gibraltar joylashgan guruhda 4-o'rinni egalladi.
O'qildi: 66113 - Fikirlar: 0
O'qildi: 35644 - Fikirlar: 0





416