
"Barselona" prezidenti Joan Laporta Lionel Messi bilan munosabatlarni yo'lga qo'ymoqchi ekanini ma'lum qildi.
Tomonlar o'rtasidagi kelishmovchilik 2021 yilda "ko'k-anorranglilar" argentinalik futbolchi bilan shartnomani uzaytira olmaganida yuzaga kelgandi. Hujumchi bunda aynan Laportani ayblamoqda, deb hisoblanadi.
"Men Messi bilan birinchi shartnomani u 16 yoshga to'lganida imzolaganman. Birgalikda bosib o'tgan yo'limiz "Barselona" tarixidagi eng shonli lahzalardan biri bo'lgan. Messi e'tirofga, haykalga loyiq, ammo bu uning o'ziga ham bog'liq. Men hammasini tuzatishga tayyorman. Leo "Barsa"ga ko'p narsa berdi, "Barsa" esa unga ko'p narsa berdi. Umid qilamanki, bizning yo'llarimiz yana kesishadi," - deya Laportaning so'zlarini keltiradi Barca Universal.
Ayni paytda 38 yoshli forvard "Inter Mayami" sharafini himoya qilmoqda. Uning shartnomasi 2028 yil oxirigacha mo'ljallangan.
O'qildi: 69185 - Fikirlar: 0





373