
"Barselona" vingeri Rafinya FIFAning ramziy terma jamoasiga kira olmaganiga xotirjamlik bilan munosabat bildirdi.
Braziliyalik futbolchi individual ovoz berish natijalari o'zi uchun katta ahamiyatga ega emasligini ma'lum qildi. La Liganing 17-turida "Vilyarreal" ustidan 2:0 hisobida g'alaba qozonganilgan o'yindan so'ng Rafinyadan FIFAning The Best mukofoti va 2025 yilning eng yaxshi futbolchilari ro'yxatida yo'qligi haqida so'rashdi. O'yinchi bunga hech qanday ahamiyat bermasligini ta'kidlab, qisqacha javob berdi:
- Menga baribir. Farqi yo'q, - deya futbolchining so'zlarini keltiradi El Desmarque.
Shuningdek, vinger "Barselona"ning Ispaniya chempionatidagi oraliq peshqadamligi haqida ham fikr bildirdi. Uning so'zlariga ko'ra, jamoaning mavsum o'rtasidagi holati emas, balki klub turnirning so'nggi qismini qanday o'tkazishi hal qiluvchi omil bo'ladi.
O'qildi: 69200 - Fikirlar: 0





462