
"Barselona" xochsimon bog'lamidan jarohat olgan Andreas Kristensen o'rniga yangi himoyachi qidirmoqda. TEAMtalk nashri tarqatgan xabarga ko'ra, klub skautlari mudofaani mustahkamlay oladigan ettita ustuvor transfer maqsadi ro'yxatini tuzishgan.
Avvalroq, kataloniyaliklar "Bornmut" himoyachisi Markos Senesi nomzodini ko'rib chiqayotgani ma'lum bo'lgandi. Bundan tashqari, "ko'k-anorranglilar" "Vilyarreal"dan Xuan Foyt, "Betis"dan Diego Lorente, "Inter"dan Stefan de Vrey, "Union"dan Diogu Leyte, "Rayo Valekano"dan Luis Felipe va "Benfika"dan Nikolas Otamendi bilan ehtimoliy muzokaralarni muhokama qilmoqda.
"Barselona" Ispaniya chempionatida 18-turdan keyin 46 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o'rinda borayotgan Madridning "Real" klubi 4 ochkoga ortda qolmoqda.
O'qildi: 55748 - Fikirlar: 0





465