
"Liverpul" sardori Virjil van Deyk APL 18-turidan o'rin olgan "Vulverxempton"ga (2:1) qarshi o'yinda "qizillar" safidagi ilk golini urgan yarim himoyachi Florian Virtsning o'yini haqida fikr bildirdi.
Van Deykning so'zlariga ko'ra, Virts sifatli o'yin o'tkazdi va birinchi bo'limda butun jamoa ishonchli va tartibli ko'rindi. Sardorning ta'kidlashicha, yarim himoyachi asta-sekin "Liverpul"ning o'yin uslubi, yuqori shiddati va jamoa talablariga ko'nikib bormoqda.
- U ajoyib o'yin o'tkazdi. Buni ko'rish yoqimli va umid qilamanki, bundan keyin ham ko'p yaxshi narsalar bo'ladi. U "Liverpul"da o'ynashga o'rganmoqda. U shunchaki ishlashni davom ettirishi kerak. Bu biz uchun juda muhim gol bo'ldi," - deya niderlandiyalik futbolchining so'zlarini keltiradi ESPN.
Eslatib o'tamiz, Virts 2025 yilning yozida "Bayer"dan "Liverpul" tarkibini to'ldirgandi.
O'qildi: 62244 - Fikirlar: 0





367