
"Al-Hilol"ning o'ng qanot himoyachisi Joau Kanselu qishki transferlar davrida Evropaga qaytishni rejalashtirmoqda.
Portugaliyalikning Saudiya Arabistonini tark etishi mumkinligi haqidagi ma'lumotlar kuni kecha paydo bo'ldi. Bu ma'lumotni insayder Fabritsio Romano ham tasdiqlamoqda: uning xabariga ko'ra, 31 yoshli futbolchini ijaraga olish istagida bo'lgan Milanning "Inter" klubi allaqachon "Al-Hilol" bilan bog'langan, shuningdek, yaqinda "Barselona" va "Yuventus" ham futbolchi bo'yicha so'rov yuborgan.
Joau Kanselu 2024 yilning yozida "Manchester Siti"dan Ar-Riyod klubiga o'tgandi. Eslatib o'tamiz, futbolchi bungacha "Barselona"da ham, "Yuventus"da ham, "Inter"da ham to'p tepgan. Himoyachining hozirgi narxi Transfermarkt portali tomonidan 10 mln evroga baholanmoqda.
O'qildi: 62255 - Fikirlar: 0





422