
«Milan» yarim himoyachisi Luka Modrich «Messi yoki Ronaldu?» degan savolni yoqtirmasligini aytdi, shuningdek, hozirda «An-Nasr» safida to'p surayotgan, o'zining sobiq jamoadoshi — hujumchi Krishtianu Ronalduning inson sifatidagi fazilatlari haqida fikr bildirdi.— Messi yoki Krishtianu Ronaldu?— Bu savol menga yoqmaydi. Ular butun bir davrni belgilab bergan futbolchilar. Menga Krishtianu yaqinroq, chunki u bilan birga o'ynaganman, «Real»da jamoadoshim bo'lgan. Ishonch bilan ayta olaman: u nafaqat buyuk futbolchi, balki ajoyib inson ham. Odamlar buni bilmasligi mumkin, ammo uning qalbi juda keng, u doim yordam berishga tayyor. U juda sodda, oddiy inson.— Messi-chi?— Uni inson sifatida yaxshi bilmayman, ammo u ham ajoyib ekaniga shubham yo'q. Futbolchi sifatida u benihoya zo'r, — deya Modrichning so'zlarini "Corriere della Sera" keltiradi.
O'qildi: 62255 - Fikirlar: 0





442