
«Bavariya» vingeri Maykl Olise 2025 yilda Evropaning beshta etakchi ligasida eng ko'p golli vaziyat yaratgan futbolchiga aylandi. Bu haqda Squawka X ijtimoiy tarmog'ida xabar berdi. Ma'lumotlarga ko'ra, Olise o'z hisobiga 36 ta golli vaziyat yozdirib qo'ygan.Ikkinchi o'rinda «Manchester Siti» hujumchisi Rayan Sherki (27) bormoqda. Uchinchi pog'onani «Barselona» vingeri Lamin Yamal egallab turibdi — u 25 ta golli vaziyat yaratgan. To'rtinchi o'rinda «Inter» himoyachisi Federiko Dimarko (22), beshinchi o'rinda esa «Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh (19) joy olgan. Oltinchi pog'onadan Madridning «Atletiko» jamoasi forvardi Aleks Baena (18) o'rin olgan.Ettinchidan o'ninchi o'ringacha quyidagi futbolchilar joylashgan: «Nyukasl Yunayted» hujumchisi Jeykob Myorfi, «Strasburg» yarim himoyachisi Diegu Moreyra, «Inter» forvardi Lautaro Martines va Londonning «Arsenal» jamoasi yarim himoyachisi Deklan Rays — ularning har biri 17 tadan golli vaziyat yaratgan.
O'qildi: 62255 - Fikirlar: 0





454