
«Barselona» darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen qishki transfer oynasida muhitni keskin o'zgartirishni rejalashtirmayapti. Diario Sport X ijtimoiy tarmog'ida xabar berishicha, nemis posboni «ko'k-anorranglilar» rahbariyatiga Turkiya kabi ekzotik yo'nalishlar yoki Angliya singari uzoq mamlakatlar uchun klubni tark etish niyati yo'qligini ma'lum qilgan.Manbaga ko'ra, ter Shtegen Barselona shahrida yashashni davom ettirishni istaydi. Shu bois, darvozabon uchun klubni almashtirishning yagona varianti sifatida Ispaniya La Ligasida to'p surayotgan kataloniyalik «Jirona»ga ijara asosida o'tish varianti qolmoqda.Mark-Andre ter Shtegen 2014 yil iyulidan buyon «Barselona» safida o'ynab kelmoqda. 2025/2026 yilgi mavsumda u «ko'k-anorranglilar» tarkibida faqat birgina uchrashuvda — Ispaniya Kubogida maydonga tushgan.
O'qildi: 62255 - Fikirlar: 0





443