
«Barselona» vingeri Lamin Yamal 2025 yilda Evropaning beshta etakchi ligasida eng ko'p muvaffaqiyatli aldab o'tishni amalga oshirgan futbolchiga aylandi. Bu haqda Squawka X ijtimoiy tarmog'ida xabar berdi. Ma'lumotlarga ko'ra, 18 yoshli futbolchi 188 ta muvaffaqiyatli aldab o'tishni amalga oshirgan.Ikkinchi o'rinni «Manchester Siti» hujumchisi Jeremi Doku (111) egallagan bo'lsa, uchinchi pog'onadan «Tottenxem Xotspur» vingeri Muhammad Kudus (98) joy olgan. To'rtinchi o'rinda «Real» hujumchisi Kilian Mbappe (96), beshinchi o'rinda esa «Real»ning qanot hujumchisi Vinisius Junior (86) qayd etilgan.Oltinchi o'rinni «Rayo Valekano» himoyachisi Andrey Ratsiu (77) egallagan. Ettinchi pog'onada «Brayton» vingeri Yankuba Minte (75) joy olgan. Sakkizinchi o'rinda «Komo» yarim himoyachisi Niko Pas (72), to'qqizinchi o'rinda «Bavariya» vingeri Maykl Olise (70) turadi. Top-10likni «Atletik Bilbao» yarim himoyachisi Niko Uilyams (68) yakunlab bergan.1. Lamin Yamal («Barselona») — 1882. Jeremi Doku («Manchester Siti») — 1113. Muhammad Kudus («Tottenxem Xotspur») — 984. Kilian Mbappe («Real») — 965. Vinisius Junior («Real») — 866. Andrey Ratsiu («Rayo Valekano») — 777. Yankuba Minte («Brayton») — 758. Niko Pas («Komo») — 729. Maykl Olise («Bavariya») — 7010. Niko Uilyams («Atletik Bilbao») — 68





394