"Atletiko" bilan derbida "Real"ning hujum chizig'ida kim o'ynashi ma'lum bo'ldi

Futbol bo'yicha Ispaniya Superkubogi yarim finali doirasida 8 yanvar, payshanba kuni Madridning "Real" va "Atletiko" klublari o'zaro bahs olib boradi.
Kilian Mbappe ushbu o'yinni o'tkazib yuboradi. Marca xabariga ko'ra, "qaymoqranglilar" safida yana Gonsalo Garsiya asosiy tarkibda maydonga tushadi. 21 yoshli ispaniyalik yakshanba kuni La Liga doirasida "Betis"ga qarshi kechgan bahsda (5:1) Mbappening o'rnini muvaffaqiyatli egallab, het-trik qayd etdi.
"Real"ning "Atletiko"ga qarshi o'yini Toshkent vaqti bilan 23:59da boshlanadi. Bir kun oldin Superkubokning birinchi yarim finali bo'lib o'tadi - unda "Barselona" va "Atletik" Bilbao o'zaro bahs olib boradi. Final 11 yanvarga belgilangan.
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Bo'limlar
Muloqot (315/+0)
Yangiliklar (35911/+10)
UzFIFA Yangiliklari (07.01.2026)
Futbol TV Yangiliklari (07.01.2026)
ONLINE TV (47) LIVE
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1826 / +1)
Eng ko'p o'qilgan
4-Yanvar
16:10
31-Dekabr
14:50
1-Yanvar
15:00
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)





372