
Londonning “Arsenal” klubi futbolchisi Gabriel Martinelli faoliyatini Ispaniya La Ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Fichajes nashri xabar bermoqda. Manbaga ko'ra, braziliyalik vingerga “Barselona” qiziqish bildirmoqda.Kataloniyaliklar hujumching chap qanot chizig'ini kuchaytirish zarur deb hisoblamoqda. Bunga zich o'yin taqvimi hamda Rafinya bo'yicha Saudiya Arabistonidan kelayotgan takliflar sabab bo'lmoqda. Shu bois klub rahbariyati ehtimoliy transferlar bo'yicha oldindan variantlarni o'rganmoqda.Qayd etilishicha, “Barselona” Evropa futbolida tajribaga ega, yosh va tezkor futbolchini tarkibga qo'shishni rejalashtirgan. Bu borada asosiy nomzod sifatida Gabriel Martinelli ko'rilmoqda. Jamoa bosh murabbiyi Hansi-Diter Flik braziliyalik futbolchining tezligi va o'yin uslubini yuqori baholaydi. Martinelli qanotda ham, markazga yaqin hududda ham harakat qila oladi, shuningdek, himoyaga yordam berishi bilan ajralib turadi.Martinellining “Arsenal” bilan shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi. Agar u kelasi mavsumda ham asosiy tarkibda kam o'yin amaliyotiga ega bo'lsa, klubni tark etishi mumkin. Shunga qaramay, 23 yoshli futbolchi joriy mavsumda 30 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol va 2 ta assist muallifiga aylangan.
Boshqa varyant qidirish kk bu stabil emas ja boʻlmasa la masiya
Javob
O'qildi: 138342 - Fikirlar: 0
O'qildi: 51074 - Fikirlar: 0





304