
«Barselona» sport direktori Deku jamoa himoyachisi Ronald Arauxoning holati borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Urugvaylik himoyachi ruhiy muammolardan aziyat chekkan va o'tgan yilning noyabr oyida «Chelsi»ga qarshi o'yindan so'ng depressiya tufayli klub ixtiyorini vaqtincha tark etishga majbur bo'lgan edi. U joriy yilning yanvar oyida safga qaytdi.
«Agar inson o'zini yomon his qilayotganini va yordamga muhtojligini tan olsa, demak, u sog'ayish yo'lining yarmini bosib o'tibdi. Ronald bu qarorga kelib, jasorat ko'rsatdi. U hammasini ochiq aytganidan mamnun bo'ldim, chunki hamma sportchilar ham o'z depressiyasi haqida gapira olmaydi. Hozir u bilan hammasi joyida — eng muhimi shu», — deya Dekuning so'zlarini Ispaniya OAVlari keltirmoqda.
Eslatib o'tamiz, Mark-Andre ter Shtegen jamoani tark etgach (u «Jirona»ga ijaraga berilgan), aynan Ronald Arauxo sardorlik bog'ichiga ega bo'lgan edi.
O'qildi: 117242 - Fikirlar: 0





427