Yamal: «Men oddiy 18 yoshli yigitman»

Kataloniyaning «Barselona» klubi vunderkindi Lamin Yamal futboldan tashqarida, kundan-kunga o'sib borayotgan mashhurligiga qaramay, oddiy hayot kechirishga harakat qilayotganini ta'kidlamoqda.
«Men istalgan 18 yoshli yigit qiladigan ishlarni qilaman. Do'stlarim bilan aylanaman, ukamga g'amxo'rlik qilaman, videoo'yinlar o'ynayman — shunga o'xshash narsalar. Men faqat futbol haqida o'ylamaslikka harakat qilaman, hayotni boshqa jihatlardan ham his qilishni istayman», — deya Yamalning so'zlarini «derbyderbyderby.it» nashri keltiradi.
Eslatib o'tamiz, Lamin Yamal «Barselona» safidagi ilk o'yinini 2023 yilning aprelida o'tkazgan edi. 2024 yilning yozida esa u Ispaniya terma jamoasi tarkibida Evropa chempioniga aylandi.
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Bo'limlar
Muloqot (320/+0)
Yangiliklar (37978/+6)
UzFIFA Yangiliklari (23.05.2026)
Futbol TV Yangiliklari (23.05.2026)
ONLINE TV (47) LIVE
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1865)
Eng ko'p o'qilgan
16-May
19:00
22-May
16:40
20-May
18:50
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)





612