Joan Laportaning raqobatchisi Viktor Font agar g'alaba qozonsa, Deku sport direktori lavozimida qolmasligini aytgandi. Deku esa bu bayonotlarga munosabat bildirdi.
"Barselona" sobiq futbolchisi o'rindiqqa yopishib olmaganini, u Laporta loyihasini amalga oshirish uchun kelganini ta'kidladi. Bu qarorni u ixtiyoriy ravishda qabul qilgan.
"Bunday gaplarga baho berishni istamayman. Men bu erga Joanning qayta qurish haqidagi loyihasiga ishonib kelganman va hozir esa Laportaning barqarorlashtirishga qaratilgan loyihasiga ishonganim uchun qolmoqdaman.
Agar Joan bu erda bo'lmasa, albatta hamma narsa o'zgaradi va unda men ham qolmayman. Gap Viktor Font yoki boshqa birov haqida emas. Gap men nimaga ishonishim va shaxsiy hayotim haqida. Agar nimadir shaxsiy hayotimga to'g'ri kelmasa, ketaman — va tamom.
Menda tanlov erkinligi bor. Men bu vaziyatning qurboni emasman. Bu erga g'oya uchun kelganman, chunki men Barselonadanman va yordam berishni istaganman. Laporta loyihasiga o'z hissamni qo'sha olishimga ishonganman", – dedi Deku.
O'qildi: 117251 - Fikirlar: 0
O'qildi: 42586 - Fikirlar: 0





416