Ispaniya OAV ma'lumotiga ko'ra, "qaymoqranglilar" e'tiboriga Argentina terma jamoasi va Londonning "Tottenxem" jamoasi markaziy himoyachisi Kristian Romero tushgan. Xabar qilinishicha, madridliklar himoyani yozgi transfer oynasidayoq kuchaytirish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
27 yoshli argentinalik futbolchiga nafaqat "Real", balki "Barselona" va "Atletiko" ham qiziqish bildirmoqda. Bu esa ehtimoliy kelishuvni Ispaniya ichidagi haqiqiy transfer kurashiga aylantirishi mumkin.
Romero 2022 yilning avgustidan beri "Tottenxem" sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning London klubi bilan shartnomasi 2029 yilning yozigacha amal qiladi. Taxminiy bozor qiymati 60 mln evroga baholanmoqda. Angliyaliklar bu kabi transferga osonlikcha rozi bo'lmasligi aniq.
O'qildi: 117251 - Fikirlar: 0
O'qildi: 42586 - Fikirlar: 0





414