Transfer olamidagi yangiliklar

Ushbu ruknimizdagi eng so'nggi yangiliklar bilan tanishtirib o'tishda davom etamiz.
“Manchester Yunayted” ikki futbolchini qo'lga kiritmoqchi
“The Sun” nashri xabar berishicha, ushbu qishki transfer oynasi chog'ida “Manchester Yunayted”ning rejasi to'liq ma'lum bo'ldi. Unga ko'ra, klub yozda jamoani tark etishi kutilayotgan Xuan Mataning o'rnini “Tottenhem” yarim himoyachisi Kristian Erikson bilan to'ldiradi. Shuningdek, o'tgan yozda jamoani tark etgan Lukakuning o'rniga Erling Holand harid qilinadi. Ushbu transferlarga rahbariyat tomonidan ruhsat berildi va klub sport direktori tez orada ishga kirishadi.
Xoland borasida deyarli barcha muzokaralar ijobiy yakunlangan bo'lsada, Eriksonning transferi biroz cho'zilishi mumkin. Gap shundaki, “Tottenhem” o'z yarim himoyachisi bilan tuzilgan shartnoma 6 oydan so'ng o'z yakuniga etishiga qaramay 25 million evro tavon puli talab qimoqda. “Qizil iblislar” Eriksonning transferiga 15 million evro taklif qilishmoqchi. Voqealar rivoji kuzatishda davom etmiz.
Dris Mertens Bundesligaga yo'l olishi mumkin
Italiyaning “Napoli” jamoasidagi uzoq yillik faoliyati orqali barchamizga tanish Dris Mertens o'z faoliyatini Bundesligada davom ettrishga yaqin turibdi.
Belgiyalik futbolchining klub bilan tuzgan shartnomasi ushbu yozda o'z yakuniga etadi va jamoa uni qishki transferlar chog'ida sotib yuborishga qaror qilgan. Futbolchi va klub rahbarai De Laurentis o'rtasidagi janjal sababli shartnomani uzaytirishdan bosh tortgan 32 yoshlik hujumchi atayin boshqa chempionatga yo'l olmoqchi.
“Napoli” klubi muxlislariga bo'lgan hurmati sababli boshqa bir Italiya klubida to'p surishni istamayapti. Ayni damda Mertensga “Borussiya Dortmund” jamoasidan taklif kelib tushgan.
"Football Italia" nashri bergan ma'lumotlarga qaraganda, Mertens nemis klubi bilan kelishib olgan va mavsum yakunlangach erkin agent maqomida Bundesligaga yo'l oladi.
Mandjukich Qatarda?!
Tez orada “Manchester Yunayted”da ko'rinish berishi tahmin qilingan hujumchi Mario Mandjukichning rejalari o'zgarib ketdi.
“Qizil iblislar” bor e'tiborlarini Erling Xolandga qaratgani bois, Mandjukich transferidan voz kechildi va xorvatiyalik futbolchi Qatar klubi bilan shartnoma imzolash uchun Doxaga uchib ketdi.
" Goal.com" sayti bergan xabarlarga ko'ra, Mandjukichning yangi jamoasi Xavi boshqaruvidagi “Al Sadd” deb tahminin qilinmoqda. Ushbu transferning to'liq tafsilotlari bilan tez orada tanishirib o'tamiz.
“Chelsi”ga “Real Madrid” futbolchisi kerak
Londonning “Chelsi” jamoasi “Real Madrid” hujumchisi Vinisius Juniorni o'z tarkibiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda.
Bu haqida taniqli “Sky Sport” nashri bergan xabarlarga ko'ra, “Chelsi” braziliyalik futbolchini o'z o'yin uslubiga mos bo'lgani bois harid qilish niyatida. Tomonlar iqtidorli futbolchining transferi borasidagi muzokarlarni yanvay oyida amalga oshirish rejalashtirlgan.
Eslatib o'tamiz, Vinisius ushbu mavsumdagi “La Liga” 10 ta uchrashuvda ishtirok etdi va o'z hisobiga 1 ta gol yozib qo'ygan.
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Bo'limlar
Muloqot (297/+0)
Yangiliklar (32247/+15)
UzFIFA Yangiliklari (07.04.2025)
Futbol TV Yangiliklari (07.04.2025)
ONLINE TV (47) LIVE
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1745)
Eng ko'p o'qilgan
4-Aprel
17:10
09:00
16:50
"Real" futbolchilari: "Barsa" bilan o'yinda 60-daqiqagacha chidasak bo'ldi!
O'qildi: 124 - Fikirlar: 0
O'qildi: 124 - Fikirlar: 0
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)