
Ispaniya Kubogining dastlabki yarim finalida "Barselona" safarda "Atletiko"ga 0:4 hisobida yutqazdi. Biroq kataloniyaliklar taslim bo'lishmaydi va kambekka ishonishadi. "Ko'k-anorranglilar" saytida "Atletiko" bilan duelda kambekka ishonishning 5 sababi" sarlavhali material e'lon qilindi. Sabablari quyidagicha ko'rinadi:
1. Xans-Diter Flik murabbiy etib tayinlanganidan buyon "Barselona" 4 ta gol farqi bilan 12 ta o'yinda g'alaba qozondi;
2. Jarohatdan so'ng futbolchilarning qaytishi mumkinligi;
3. "Kamp Nou" omili;
4. "PSJ"ga qarshi kambek (2017 yilda "Barselona" safarda "PSJ"ga 0:4 hisobida yutqazgan, ammo keyin o'z uyida 6:1 hisobida g'alaba qozongan);
5. 1996/1997-yilgi mavsum misolida. O'shanda "Barselona" "Atletiko"ga qarshi javob chorak finalidagi vaziyatni o'zgartirib yuborgan va ikki o'yin natijasiga ko'ra 7:6 hisobida g'alaba qozongan.
O'qildi: 117262 - Fikirlar: 0
O'qildi: 42597 - Fikirlar: 1





257