
Sobiq hujumchi Serxio Aguero "Barselona" vingeri Lamin Yamal unda futbol uchrashuvlarini tomosha qilishga bo'lgan qiziqishni qayta uyg'otganini tan oldi.
"To'g'risini aytsam, yuragimdagi muammolardan so'ng futbol tomosha qilishni deyarli to'xtatgan edim. Ammo Yamalning "Barselona"da qanday o'ynayotganini ko'rganimda, menda yana o'yinlarni ko'rish ishtiyoqi paydo bo'ldi. Menga Lamin juda yoqadi — aynan u tufayli yana futbol ko'ryapman. Yoshligimda men maydonda u qilayotgan ishlarni qila olmasdim", — deya Agueroning so'zlarini keltiradi "The Touchline".
Argentinalik futbolchi Madridning "Atletiko" va "Manchester Siti" klublaridagi o'yinlari bilan mashhur. 2021 yilda hujumchi "Barselona"ga o'tgan edi, biroq oradan yarim yil o'tib, yuqorida ta'kidlangan sog'lig'idagi muammolar sababli faoliyatini yakunlashga majbur bo'lgan.
O'qildi: 42600 - Fikirlar: 1





338