
Kataloniyaning "Barselona" klubi himoyachi Alexandro Baldeni chap qanot himoyasidagi uzoq muddatli loyiha sifatida ko'rmoqda. Bu haqda "Diario SPORT" nashri xabar bermoqda.
Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" 22 yoshli ispaniyalik futbolchini uzoq yillar davomida tarkibda saqlab qolmoqchi, biroq hozirgi vaqtda klub uning o'yinidan unchalik mamnun emas. "Barselona" Baldedan ko'prog'ini kutmoqda.
Balde — klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarni inobatga olganda 31 ta o'yin o'tkazib, uchta golli uzatmani amalga oshirdi.
Himoyachining kataloniyaliklar bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan. "Transfermarkt" mutaxassislari futbolchining qiymatini 60 million evroga baholashmoqda.
O'qildi: 42600 - Fikirlar: 1





332