
«Barselona» klubining sobiq direktori Toni Freysha La Liganing 24-turida «ko'k-anorranglilar»ning «Jirona»dan uchragan mag'lubiyatiga (1:2) munosabat bildirdi.
O'yinning 86-daqiqasida Fran Beltran gol urishidan oldin, «Jirona» yarim himoyachisi Klaudio Echeverri to'pni o'ziga to'g'irlab olayotganda «Barsa» himoyachisi Jyul Kundening oyog'iga butsasining tishlari bilan zarba bergan. Frantsuz futbolchisi yiqilgan, shundan so'ng Echeverri to'pni Xoel Rokaga uzatgan, u esa Beltranga golli pas bergan.
Vaziyat VAR hakamlari tomonidan ko'rib chiqildi, chunki Echeverri to'p bilan o'ynaganidan so'ng raqib oyog'ini bosib olgan bo'lishi mumkinligi taxmin qilingandi. Biroq bosh hakam Sesar Soto Grado monitor yoniga chaqirilmadi. Yakunda gol hisobga olindi va jamoalar o'yinni maydon markazidan davom ettirishdi.
«Birinchidan, biz juda yomon o'ynadik. Ikkinchidan, «Jirona» ajoyib o'yin ko'rsatdi va men ularni g'alaba bilan tabriklayman. Hakamlar haqida esa boshqa deydigan gap yo'q. Hamma hammasini ko'rib turibdi. Ular — uyatsiz yaramaslar, biz ularni sudga berishimiz kerak. Va buni amalga oshiramiz. Lekin avval biz ushbu ligada g'olib chiqamiz», — deb yozdi Freysha.
O'qildi: 101298 - Fikirlar: 0





392