
«Barselona» himoyachisi Alexandro Balde Angliyaga ko'chib o'tishi mumkin.
«TEAMtalk» nashri bergan ma'lumotlarga ko'ra, «Manchester Yunayted» ispaniyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olishga qiziqish bildirmoqda. «Qizil iblislar» Baldeni chap qanot himoyasi uchun asosiy transfer maqsadi sifatida ko'rishmoqda. Yaqin vaqt ichida «MYu» himoyachining transferi bo'yicha 40 million evro miqdoridagi dastlabki taklifni yuborishi mumkin.
Alexandro Balde «Barselona» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning «ko'k-anorranglilar» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Joriy mavsumda himoyachi barcha musobaqalarda 32 ta o'yinda maydonga tushib, uchta golli uzatmani amalga oshirdi. «Transfermarkt» portali Baldening qiymatini 60 million evroga baholamoqda.
O'qildi: 117944 - Fikirlar: 0





612