
Lamin Yamal "Barselona" tibbiy shtabi tomonidan ishlab chiqilgan maxsus ovqatlanish rejasiga o'tmoqda.
2026 yilda musulmonlar uchun muqaddas Ramazon oyi 18 fevralda boshlandi va 19 martgacha davom etadi. Ro'za paytida mo'minlar tong otgandan quyosh botgunga qadar eb-ichishdan tiyiladilar. Quyosh botgandan keyin esa iftorlik qilinadi, unda ham haddan tashqari ko'p iste'mol qilish tavsiya etilmaydi.
Bu professional futbolchilik faoliyatida Yamal ro'za tutadigan ikkinchi Ramazon bo'ladi. "Barselona" vinger uchun kun tartibining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan va me'yordan ortiq eb yuborishga yo'l qo'ymaydigan alohida ratsion tayyorladi.
Ro'za paytidagi Yamal uchun birinchi o'yin 22 fevral kuni Toshkent vaqti bilan 20:15 boshlanadigan "Levante"ga qarshi bahs bo'ladi.
O'qildi: 133541 - Fikirlar: 0





337