
«Barselona» hujumchisi Hamza Abdulkarim haligacha jamoada maydonga tushish huquqini qo'lga kirita olmadi.
Kataloniya grandi misrlik futbolchini Qohiraning «Al-Ahli» klubidan keyinchalik sotib olish majburiyati bilan ijaraga olgan edi. Kelishuv fevral oyi boshida amalga oshirilgan bo'lsa-da, 18 yoshli futbolchi haligacha Ispaniyada ishlash uchun ruxsatnoma olgani yo'q. Mundo Deportivo nashri bergan ma'lumotlarga ko'ra, «Barselona» muammoning hal bo'lishi yana uzoq vaqt talab qilishidan xavotirda. Hozircha futbolchi «ko'k-anorranglilar»ning ikkinchi jamoasida (uni aynan shu erda sinab ko'rish rejalashtirilgan edi) qachon debyut qilishi noma'lum bo'lib qolmoqda.
Mish-mishlarga ko'ra, Hamza Abdulkarimni sotib olish «Barselona»ga 5–8 million evroga tushishi mumkin. Ushbu transferga qadar hujumchi «Al-Ahli» safida to'qqizta uchrashuvda maydonga tushishga ulgurgan edi.
O'qildi: 117950 - Fikirlar: 0





640