
«Barselona» o'z tarbiyalanuvchilarining shartnomasidagi tovon puli miqdorini ularning ma'lum bosqichlarga erishishiga qarab bosqichma-bosqich oshirib borishni rejalashtirmoqda. Bu haqda «Diario Sport» nashri xabar bermoqda.
Masalan, UEFA Yoshlar ligasidagi debyut tovon puli miqdorini bazaviy 6 milliondan 8 million evrogacha ko'taradi. «Barsa Atletik» (o'rinbosarlar jamoasi)ga kamida bir marta chaqirilgan futbolchilarning tovon puli esa 10 million evrogacha oshiriladi.
«Barsa»ning ikkinchi jamoasi futbolchisi sifatida ro'yxatdan o'tib bo'lgan 2008 yilda tug'ilgan o'yinchilar uchun esa 15 million evrodan yuqori tovon puli belgilanadi.
Bunday o'zgarishlarga shu qishda Dro Fernandesning «PSJ»ga o'tib ketgani sabab bo'ldi. Parij klubi yarim himoyachining shartnomasidagi 6 million evrolik tovon pulini faollashtirgan edi, yakuniy transfer summasi esa «Barsa»ga to'lanadigan kompensatsiya bilan birga 8 million evrodan sal ko'proqni tashkil qildi.
Qayd etilishicha, agar Dro yangi shartlar asosida shartnoma imzolagan bo'lganida va «Barselona»ning asosiy jamoasidagi 5 ta o'yinini hisobga olganda, uning tovon puli 25 million evroni tashkil etgan bo'lardi.
O'qildi: 117955 - Fikirlar: 0





556