Joan Garsiya La Ligadagi hakamlik haqida fikr bildirdi

"Barselona" darvozaboni Joan Garsiya Ispaniya chempionatidagi hakamlik ishi bo'yicha o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"So'nggi vaqtlarda bizga yoqmagan bir nechta bahsli qarorlar qabul qilindi. Ammo biz, futbolchilar, bunga vaqt sarflamasligimiz kerak. O'zimiz nazorat qila olmaydigan narsalarga quvvat sarflash — bu befoyda", — deya Garsiyaning so'zlarini keltiradi "Marca" nashri.
Darvozabonning fikricha, hakamlikdagi asosiy muammo — bahsli vaziyatlarning sub'ektiv talqin qilinishidadir.
Ayni damda "Barselona" turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda va peshqadam "Real"dan ikki ochkoga ortda qolmoqda. Ertaga, 22 fevral kuni kataloniyaliklar o'z maydonida "Levante"ni qabul qiladi.
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Bo'limlar
Muloqot (318/+0)
Yangiliklar (36671/+13)
UzFIFA Yangiliklari (21.02.2026)
Futbol TV Yangiliklari (21.02.2026)
ONLINE TV (47) LIVE
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1856)
Eng ko'p o'qilgan
17-Fevral
22:50
"Atletiko" rahbariyati Simeonedan "Barselona" ustidan qozonilgan 4:0 dan unumli foydalanishni talab qildi
O'qildi: 117959 - Fikirlar: 0
O'qildi: 117959 - Fikirlar: 0
21-Fevral
18:40
15-Fevral
18:40
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)





366