
"Barselona" yarim himoyachisi Gavi tizzasidagi jarrohlik amaliyotidan so'ng tez orada maydonga qaytadi. Xavbek avgust oyidan beri maydonga tushmayotgan edi.
"The Touchline" nashrining ta'kidlashicha, "Barselona" o'z yarim himoyachisini darhol "jangga tashlamoqchi" emas. Rejaga ko'ra, u xuddi Mark Bernalga qo'llanilgan yondashuv kabi, asta-sekinlik bilan asosiy tarkibga qaytariladi.
Kelgusi haftalarda Mark Bernal va Mark Kasado maydonda ko'proq vaqt o'tkazishi, Gaviga tushadigan yuklama esa bosqichma-bosqich oshirib borilishi kutilmoqda. Hech qanday tavakkalchilikka yo'l qo'yilmaydi. Flik Gavini yuqori baholaydi va uni noyob o'yinchi deb hisoblaydi. Murabbiy kelajakda Gaviga katta umid bog'lagan va uni yana yo'qotib qo'yish xavfini istamaydi.
Joriy mavsumda 21 yoshli Gavi La Liganing faqatgina ikkita uchrashuvida maydonda ko'rinish berdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
O'qildi: 129825 - Fikirlar: 0





295