
«Barselona» prezidentligiga saylovlarda nomzodlarni qo'llab-quvvatlash uchun to'plangan imzolar soni ma'lum bo'ldi. Rasmiy ro'yxatdan o'tish uchun belgilangan chegara 2237 ta imzoni tashkil etadi.
Eng ko'p imzoni klubning sobiq rahbari Joan Laporta taqdim etdi — 8171 ta. 2021 yildagi avvalgi saylovlarda u 10272 ta imzo to'plashga muvaffaq bo'lgan edi.
«Ko'k-anorranglilar» sobiq murabbiyi Xavi tomonidan qo'llab-quvvatlangan Viktor Font 5144 ta imzo to'pladi. Uni shuningdek 9 ta imzo yiqqan Uilyam Meddok ham qo'llab-quvvatladi.
«Barsa» tarbiyalanuvchisi Mark Siriya o'zini qo'llab-quvvatlovchi 2840 ta imzoni taqdim etdi.
«Barselona» direktorlar kengashining sobiq a'zosi Xavi Vilajoana esa 1621 ta imzo to'plashga muvaffaq bo'ldi. Shu tariqa, u rasman ro'yxatga olingan nomzod bo'la olmaydi.
Yana bir nomzod Daniel Xuan bor-yo'g'i 84 ta imzo taqdim etdi.
O'qildi: 136459 - Fikirlar: 0
O'qildi: 52299 - Fikirlar: 0





309