
«Real» bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa La Liganing 26-turidan o'rin olgan «Xetafe»ga qarshi o'yindagi (0:1) mag'lubiyatdan so'ng, jamoa Ispaniya chempionligi uchun kurashdan voz kechmasligini ma'lum qildi.
— Chempionatni boy berilgan deb hisoblash mumkinmi?
— Yo'q, oldinda hali qo'lga kiritilishi mumkin bo'lgan 36 ochko bor, maqsadimiz — maksimal natija qayd etish. Bu erda hech kim taslim bo'lmaydi, biz yo'qotilgan imkoniyatlarni qaytara olishimizga ishonamiz. Zero, bu — «Real» va bu erda hech kim tushkunlikka tushmaydi, — deya Arbeloaning so'zlaridan iqtibos keltiradi «Marca».
Ushbu o'yindan so'ng Madridning «Real» klubi 60 ochko bilan Ispaniya chempionati oliy divizioni turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Chempionatda 64 ochko bilan «Barselona» peshqadamlik qilmoqda.
O'qildi: 136459 - Fikirlar: 0
O'qildi: 52299 - Fikirlar: 0





317