
«Barselona» Ispaniya Kubogi yarim finalining javob uchrashuvida Madridning «Atletiko» klubi bilan bahsda kerakli natijaga erisha olmadi. Kataloniyaliklar o'z uylarida 3:0 hisobida g'alaba qozonishdi, biroq finalga chiqish uchun bu kifoya qilmadi — dastlabki uchrashuv 0:4 hisobidagi mag'lubiyat bilan yakunlangan edi.
Shu tariqa, Xans-Diter Flik klubga kelganidan beri «Barsa» ilk bor ichki turnirdagi sovrinni qo'ldan chiqardi. Bungacha «ko'k-anorranglilar» germaniyalik mutaxassis qo'l ostida ichki arenadagi to'rtta imkoniyatdan to'rttasida ham g'olib chiqishgan edi (La Liga chempionligi, Ispaniya Kubogidagi o'tgan yilgi g'alaba va ikki bor Ispaniya Superkubogi).
Finalda «Atletiko» jamoasi «Real Sosedad» — «Atletik» Bilbao qarama-qarshiligi g'olibi bilan to'qnash keladi.
O'qildi: 136466 - Fikirlar: 0
O'qildi: 52306 - Fikirlar: 0
O'qildi: 51416 - Fikirlar: 0





332