
"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Ispaniya Kubogi yarim finali doirasidagi "Atletiko"ga qarshi javob uchrashuvidan (3:0, birinchi o'yin — 0:4) so'ng jamoadagi jarohatlar bilan bog'liq vaziyat haqida fikr bildirdi.
"Bizda yana ikkita jarohat bor. Balde va Kunde safdan chiqdi, bu juda yomon. Men bu vaziyatdan noroziman. Bir nechta futbolchilarimiz o'yindan tashqarida qoldi, bu noto'g'ri. Bir hafta ichida uch nafar futbolchi jarohat olishining oldini qanday olish borasida tibbiy shtab va jismoniy tayyorgarlik bo'yicha xodimlar bilan gaplashib olishimiz kerak", — deya Flikning so'zlarini keltiradi Mundo Deportivo nashri.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Levandovski chap ko'z kosasining ichki qismidagi suyak sinishi jarohatini olgan edi. Ispaniya Kubogi yarim finali vaqtida esa himoyachilar Jyul Kunde va Aleks Balde jarohat sababli o'yinni muddatidan oldin yakunlashdi.
O'qildi: 136466 - Fikirlar: 0
O'qildi: 52306 - Fikirlar: 0
O'qildi: 51416 - Fikirlar: 0





328