
"Nyukasl" va Germaniya terma jamoasi hujumchisi Nik Voltemade "Barselona"ning qiziqishlari doirasiga tushdi.
TEAMtalk nashrining xabariga ko'ra, germaniyalik futbolchining transferiga "ko'k-anorranglilar" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik shaxsan qiziqish bildirmoqda. U kataloniyaliklar sport direktori Dekuga hujumchining transferini shu yozda rasmiylashtirish vazifasini topshirgan. Ehtimoliy kelishuv 70 milliondan 90 million evrogacha bo'lgan summaga tushishi mumkin. Flik Voltemadeda Robert Levandovskining o'rinbosarini ko'rmoqda.
Nik Voltemade 2025 yilda 75 million evro evaziga "Shtutgart"dan "Nyukasl"ga o'tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2031 yilning 1 iyuligacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda hujumchi ingliz klubi safida barcha turnirlarda 42 ta o'yin o'tkazib, 10 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O'qildi: 136466 - Fikirlar: 0
O'qildi: 52306 - Fikirlar: 0
O'qildi: 51416 - Fikirlar: 0





331