
«Barselona» markaziy himoyachi Andreas Kristensen bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralarni boshladi.
Daniyalik futbolchining amaldagi kelishuvi shu yozda yakuniga etadi. Diario Sport nashrining xabar berishicha, «ko'k-anorranglilar» rejalashtirilganidek, unga shartnomani 2027 yilning o'rtalariga qadar uzaytirishni taklif qilishgan, biroq bunda maoshning bir oz qisqarishi ko'zda tutilgan. Chorshanba kuni klub sport direktori Deku 29 yoshli futbolchining agenti bilan uchrashib, shartlarni muhokama qilgan.
Hozirgi vaqtda Andreas Kristensen dekabr oyi o'rtalarida olgan jarohatidan so'ng tiklanish jarayonini davom ettirmoqda. Uning maydonga qaytishi mavsum yakuniga rejalashtirilgan. Himoyachi 2022 yil yozidan buyon «Barsa» sharafini himoya qilib kelmoqda.
O'qildi: 136472 - Fikirlar: 0
O'qildi: 52309 - Fikirlar: 0





303