
«Barselona» kelayotgan yozda markaziy hujumchi pozitsiyasini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Biroq, Dushan Vlaxovichning jamoaga kelish ehtimoli ancha past baholanmoqda.
Ispaniyaning Sport nashri xabariga ko'ra, «Barselona» Vlaxovich bilan olib borilayotgan muzokaralarni «muzlatib qo'ygan». Serbiyalik futbolchining o'ziga «Kamp Nou»ga ko'chib o'tish varianti ma'qul kelmoqda, ammo kataloniyaliklar boshqa uslubdagi hujumchini izlashmoqda. Vlaxovich «Barsa» uchun ustuvor maqsad emas. Shu bilan birga, klub mutasaddilari 26 yoshli futbolchining moliyaviy talablarini o'rganib chiqishgan.
Dushan Vlaxovichning «Yuventus» bilan amaldagi shartnomasi shu mavsum oxirigacha mo'ljallangan. Bu esa yozda serbiyalik hujumchini erkin agent sifatida tekinga qo'lga kiritish mumkinligini anglatadi.
O'qildi: 136472 - Fikirlar: 0
O'qildi: 52309 - Fikirlar: 0





335