
Ispaniyaning «Atletiko» klubi Chempionlar ligasi 1/8 finali ilk uchrashuvida Angliyaning «Tottenxem Xotspur» jamoasini 5:2 hisobida mag'lub etib, klub tarixidagi muhim rekordni o'rnatdi.Opta Sport statistik portali ma'lumotiga ko'ra, «matraschilar» Chempionlar ligasi tarixida ilk bor bir o'yinning birinchi bo'limida to'rtta gol urishga muvaffaq bo'ldi.Shu tariqa, «Atletiko» Chempionlar ligasi pley-off bosqichida birinchi taymida to'rtta gol urgan ikkinchi ispan klubiga aylandi. Bungacha bu natijani faqat «Barselona» qayd etgan. «Ko'k-anorranglilar» 2009 yilda buni ikki marta amalga oshirgan: 1/8 finalda «Lion»ni 5:2, 1/4 finalda esa «Bavariya»ni 4:0 hisobida mag'lub etgan.Javob uchrashuvi 18 mart kuni bo'lib o'tadi. Jamoalar Londondagi «Tottenxem Xotspur» stadionida maydonga tushadi.
O'qildi: 60271 - Fikirlar: 0
O'qildi: 59938 - Fikirlar: 0





324