"Atletiko" Alvaresni faqat katta mablag' evaziga Angliyaga qo'yib yuborishi mumkin

Madridning "Atletiko" klubi rahbariyati argentinalik hujumchi Xulian Alvaresni "Barselona"ga sotish niyatida emas. Bu haqda Diario SPORT nashri xabar bermoqda.
Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, "matraschilar" hujumchini "Barselona"ga qo'yib yubormoqchi emas, biroq klub Angliya grandlaridan 100 million evrodan ortiq taklif tushsa, buni ko'rib chiqishi mumkin. Mish-mishlarga qaraganda, hujumchining xizmatlariga "Arsenal" va "Chelsi" klublari qiziqish bildirmoqda.
Joriy mavsumda 26 yoshli Alvares barcha musobaqalarda 42 ta o'yinda ishtirok etdi, 16 bor raqiblar darvozasini ishg'ol qildi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Alvaresning "Atletiko" bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Bo'limlar
Muloqot (318/+0)
Yangiliklar (37034/+13)
UzFIFA Yangiliklari (18.03.2026)
Futbol TV Yangiliklari (18.03.2026)
ONLINE TV (47) LIVE
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1859)
Eng ko'p o'qilgan
17-Mart
23:30
11-Mart
23:20
14-Mart
23:00
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)





278