
Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvares, turli mish-mishlarga qaramay, jamoani tark etish ishtiyoqida emas.
26 yoshli futbolchining nomi muntazam ravishda «Barselona»ga o'tish bilan bog'lanmoqda, biroq kataloniyaliklar uchun «matraschilar» yulduzini o'z tomoniga og'dirib olish juda qiyin kechadigan ko'rinadi. Transfer News Live nashrining Sportga tayanib xabar berishicha, Alvares «Atletiko»da baxtli va hech qaerga ketishni rejalashtirmayapti. Hujumchi Diego Simeone loyihasiga sodiq qolmoqchi.
Transfermarkt portali talqiniga ko'ra, Xulian Alvaresning narxi 90 million evroni tashkil etadi. Joriy mavsumda futbolchi 43 ta o'yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Argentinalikning «Atletiko» bilan shartnomasi 2030 yilgacha mo'ljallangan.
O'qildi: 88218 - Fikirlar: 0





534