
Madridning “Real” klubi vingeri Vinisius Junior Ispaniya chempionati tarixidagi eng sermahsul braziliyalik futbolchilar ro'yxatida yuqorilashda davom etmoqda. U Ispaniya La Liganing 29-turidan o'rin olgan “Atletiko”ga qarshi Madrid derbisida dubl qayd etib, jamoasining 3:2 hisobidagi g'alabasiga hissa qo'shdi.Ushbu gollar evaziga Vinisiusning Ispaniya birinchiligidagi gollari soni 72 taga etdi. Bu natija unga “Barselona” afsonasi Ronaldinoni ortda qoldirish imkonini berdi. Shu o'rinda ta'kidlash joizki, Ispaniya chempionati tarixidagi eng sermahsul braziliyalik futbolchi nomi hamon Ronaldoga tegishli. U “Barselona” va “Real” safida jami 164 ta uchrashuvda maydonga tushib, 117 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan. La Liga tarixidagi eng yaxshi braziliyalik to'purarlar top-10 taligi:1. Ronaldo — 117 ta gol2. Valdo Machado — 115 ta gol3. Rivaldo — 107 ta gol4. Bebeto — 86 ta gol5. Evaristo de Machedo — 82 ta gol6. Villian Joze — 82 ta gol7. Luis Fabiano — 72 ta gol8. Vinisius Junior — 72 ta gol9. Ronaldino — 70 ta gol10. Neymar — 68 ta gol
O'qildi: 88228 - Fikirlar: 0





486