
Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvares «Barselona»ga o'tish imkoniyatidan voz kechgani yo'q.
Argentinalik futbolchining o'zi mish-mishlarga javob berar ekan, «matraschilar»ga sodiqligini ta'kidlamoqda, biroq uning Kataloniyaga ko'chib o'tishi haqidagi gap-so'zlar tinmayapti. TEAMtalk nashrining xabariga ko'ra, Alvares allaqachon «Atletiko» rahbariyatiga transfer uchun tayyor ekanligini va «Barselona» uning uchun asosiy variant ekanligini ma'lum qilgan. Muammo shundaki, «ko'k-anorranglilar»da ushbu transferni amalga oshirish uchun zarur mablag' mavjud emas.
Xulian Alvaresning Transfermarkt saytidagi bahosi 90 mln evroni tashkil etadi, ammo mavjud ma'lumotlarga ko'ra, «Barselona» futbolchini o'zi uchun ancha qulayroq shartlarda sotib olishga umid qilmoqda.





324