
«Barselona» himoyachisi Jyul Kunde o'zining eng sevimli jamoadoshi kim ekanini aytdi.«Pedri — mening eng sevimli futbolchim. U mutlaqo genial. Rostini aytsam, u boshqalardan mutlaqo boshqa darajada o'ynaydigan futbolchilardan. Bu hatto mashg'ulotlarda ham, umuman barcha jihatlarda seziladi. Gap uning tug'ma texnikasida: u o'ng va chap oyog'i bilan birdek yuqori darajada o'ynay oladi, istalgan tomonga burilishi mumkin, maydonni ko'rishi esa ajoyib.Yana bir jihat borki, u ancha kam baholanadi va menimcha, etarlicha e'tibor berilmaydi: bu uning himoyadagi o'yini. Pedri — doim harakatda bo'ladigan va to'pni qaytarib oladigan futbolchi. O'tgan yili u Evropada eng ko'p to'pni qayta egallab olgan o'yinchiga aylandi. U har bir o'yinda taxminan 12 kilometr yuguradi va shu bilan birga to'pni olib qo'yishi, jamoani oldinga undashi, uzatmalar berish va raqib himoya chiziqlarini yorib o'tishi kerak. U mutlaqo genial», — dedi Kunde Cadena SER nashriga bergan intervyusida.





311