
Joan Laporta yaqinda «Barselona» prezidentligi saylovlarida g'alaba qozondi. Kataloniya klubi rahbari endilikda bo'lajak yozgi transfer oynasida tarkibni qanday kuchaytirish haqida bosh qotirmoqda.
The Touchline nashrining jurnalist Matteo Morettoga tayanib xabar berishicha, Laportaning asosiy orzusi va ustuvor maqsadi «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvares hisoblanadi.
Ma'lumki, matbuot allaqachon Alvaresni «Barselona» bilan bog'lashni boshlagan. Nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari 26 yoshli argentinalik futbolchini 90 million evroga baholamoqda. Xulianning «matraschilar» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.
Joriy mavsumda Alvares 44 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 17 ta gol yozdirib qo'ydi.





377