
Markus Reshford ijara asosida «Barselona» sharafini himoya qilmoqda. Kelishuvda sotib olish huquqi ko'zda tutilgan — kataloniyaliklar 30 million evro to'lab, hujumchini doimiy asosda o'z saflariga qo'shib olishlari mumkin. Biroq «ko'k-anorranglilar» ushbu banddan foydalanmasliklari ham ehtimoldan xoli emas.
ESPN nashrining xabar berishicha, «Manchester Yunayted» rahbariyati agar «Barselona» Reshfordni 30 million evroga sotib olmasa, futbolchiga boshqa klublardan ham da'vogarlar topilishiga ishonmoqda.
Shunday ekan, «qizil iblislar» transfer summasi bo'yicha o'z pozitsiyalarida qat'iy turishlari mumkin. Avvalroq «Barselona» Reshfordning narxini tushirishga harakat qilishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Markus Reshford «Barselona» libosida 39 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va sheriklariga 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.





370