
Kataloniyaning «Barselona» klubi tarbiyalanuvchisi, hozirda «Tottenxem» sharafini himoya qilayotgan Xavi Simonsning kelajagi borasida yangi tafsilotlar paydo bo'ldi.
Mashhur insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, 22 yoshli niderlandiyalik yarim himoyachining eng katta orzusi — kun kelib yana «Kamp Nou»ga qaytish va «ko'k-anorranglilar» libosida maydonga tushish. Simons «La Masiya» akademiyasida tarbiyalanganini unutgani yo'q va klubga bo'lgan mehri hamon yuqori.
Biroq «Barsa» muxlislari uchun biroz noxush xabar ham bor:
«Ayni damda futbolchi va klub o'rtasida hech qanday aloqa yoki rasmiy muzokaralar olib borilmayapti», — deydi Romano.
Garchi futbolchi qaytishni istayotgan bo'lsa-da, hozirgi vaziyatda transfer masalasi kun tartibida emas.
Simonsning "shporlar" bilan shartnomasi 2030 yil yozigacha tuzilgan. Transfermarkt uni 50 million evroga baholamoqda.
O'qildi: 154040 - Fikirlar: 0





347