
Milanning «Inter» klubi bosh murabbiyi Kristian Kivu Alessandro Bastonining «Barselona»ga o'tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
Mavjud ma'lumotlarga ko'ra, italiyalik himoyachi kataloniyaliklar grandiga allaqachon rozilik bergan.
«Bastoniga Italiyani tark etishni maslahat berishyaptimi? Men xotirjamlikni saqlashim va unga ishonishim kerak. Men Alessandroning kelajagi va istaklarini nazorat qilmayman, lekin uning «Inter»da baxtli ekanini bilaman. U hatto ikki oydan keyin ketadigan bo'lsa ham, shu erda ekan, bor kuchi bilan harakat qiladi. Agar u qolsa, xursand bo'lardim, biroq uning tanloviga ta'sir o'tkaza olmayman. Futbol olamida doim mavhumlik mavjud. So'nggi yillarda Bastoni to'g'ri qarorlar qabul qila olishini isbotladi», – deya jurnalist Fabritsio Romano Kivuning so'zlarini keltirmoqda.
26 yoshli markaziy himoyachining «neradzurrilar» bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan.





283