
«Barselona» La Liga doirasidagi navbatdagi irodali g'alabasini qo'lga kiritdi. Xans-Diter Flik shogirdlari Madridning «Atletiko» jamoasiga qarshi bahsda dastlab gol o'tkazib yuborgan bo'lsa-da, ikkita gol bilan javob qaytarib, uch ochkoni qo'lga kiritdi.
Opta ma'lumotlariga ko'ra, «ko'k-anorranglilar» joriy mavsumda mag'lubiyatga uchrayotgan o'yinlarida jami 21 ochkoni o'z tomoniga og'dirib olishga muvaffaq bo'lgan. Bu Evropaning kuchli beshlik chempionatlarida «Bavariya»dan (22 ochko) keyingi ikkinchi ko'rsatkichdir.
E'tiborlisi, Myunxen klubi o'sha kuni bundan ham yorqinroq kambekni amalga oshirdi: ular «Frayburg» bilan bahsning 81-daqiqasigacha 0:2 hisobida imkoniyatni boy bera turib, hakam tomonidan qo'shib berilgan vaqtdagi ikkita gol evaziga 3:2 hisobida g'alaba qozonishdi.





281