
«Atletiko» ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng «Barselona» Madridning «Real» klubi bilan oradagi farqni 7 ochkoga etkazdi.
Shanba kuni «qaymoqranglilar» «Malorka»dan mag'lubiyatga uchradi (1:2). Birozdan so'ng kataloniyaliklar asosiy raqobatchisining xatosidan unumli foydalanib, xuddi shunday hisobda «matraschilar»ni mag'lub etdi. Endilikda «Barselona» hisobida 76 ochko, «Real»da esa 69 ochko mavjud. Opta ma'lumotlariga ko'ra, La Liga tarixida hali hech qaysi jamoa 30-turdan keyin peshqadamdan 7 yoki undan ko'p ochko ortda qola turib, chempionlikni qo'lga kiritmagan. Alvaro Arbeloa jamoasi «ko'k-anorranglilar»ni tituldan mahrum qilishi uchun haqiqiy jasorat ko'rsatishi talab etiladi.
O'tgan mavsumda «Barselona» 88 ochko jamg'arib, «Real»ni 4 ochkoga ortda qoldirgan holda chempionatda g'olib chiqqan edi.





277