
2005 yilgi «Oltin to'p» sohibi, «Barselona» hamda Braziliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Ronaldino «Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messini hanuz dunyoning eng yaxshi o'yinchisi deb hisoblashini ma'lum qildi.«Leo (Messi)ning qiladigan ishlari va mashg'ulotlari juda ko'p, ammo har safar birga vaqt o'tkazish imkoni bo'lsa, bu katta zavq bag'ishlaydi. U hali ham dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo'lib qolmoqda. Umid qilamanki, jahon chempionatiga u a'lo formada keladi va o'zini eng yuqori darajada namoyon etadi», — dedi Ronaldino Ole nashriga bergan intervyusida.Eslatib o'tamiz, 2026 yilgi jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSh, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadi. Lionel Messi va Argentina terma jamoasi 2022 yil Qatarda bo'lib o'tgan mundialda g'olib chiqqan amaldagi jahon chempionlari hisoblanadi.





280