
"Barselona" qanot hujumchisi Lamin Yamal Evropaning kuchli beshlik ligalaridagi barcha futbolchilar orasida muvaffaqiyatli aldamchi harakatlar (dribling) soni bo'yicha reytingni boshqarib bormoqda. Bu ma'lumotni Barça Universal nashri e'lon qildi.
Qayd etilishicha, o'tgan mavsum boshidan beri 18 yoshli Yamal 264 ta muvaffaqiyatli aldamchi harakatni amalga oshirgan. Uning bu ko'rsatkich bo'yicha eng yaqin ta'qibchisi — "Real" vingeri Vinisius Junior bo'lib, uning hisobida 151 ta muvaffaqiyatli urinish mavjud.
Joriy mavsumda Yamal barcha musobaqalarda 41 ta o'yinda ishtirok etdi, 21 ta gol urdi va o'z hisobiga 16 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.
30 turdan so'ng "Barselona" 76 ochko jamg'argan holda Ispaniya La Ligasi turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o'rinda borayotgan "Real" bilan farq etti ochkoni tashkil etadi.





271