
"Napoli" markaziy hujumchisi Rasmus Xyoylund faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin.
Barça Universal nashrining xabar berishicha, "ko'k-anorranglilar" Italiyada muvaffaqiyatli mavsumni o'tkazayotgan 26 yoshli daniyalik futbolchini diqqat bilan kuzatib borishmoqda. Qayd etilishicha, hozircha Xyoylund "Barselona"ning asosiy transfer maqsadlari qatoriga kirmaydi, biroq uning ayni damdagi sport formasi, ayniqsa yoshini hisobga olganda, kataloniyaliklarda katta taassurot qoldirmoqda.
Xyoylund joriy mavsumni "Napoli"da ijara asosida o'tkazmoqda. Uning shartnomasi "Manchester Yunayted"ga tegishli, ammo mavsum yakunlanganidan keyin hujumchi katta ehtimol bilan doimiy asosda Neapolga ko'chib o'tadi.
"Napoli" tarkibida Xyoylund barcha musobaqalarda 37 ta o'yinda maydonga tushdi, 14 ta gol urdi va to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi.





280