
"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong hozircha umumiy guruh mashg'ulotlariga kirishmadi. Bu haqda Diario AS nashri xabar bermoqda.
Shunga qaramay, futbolchi shanba kuni "Espanol"ga qarshi bo'lib o'tadigan o'yingacha tiklanishga ulgurishiga ishonchi komil. Yarim himoyachi ushbu bahsda bir necha daqiqa maydonda harakat qilishi va Chempionlar Ligasi doirasida "Atletiko"ga qarshi kechadigan javob o'yinida asosiy tarkibdan joy olishi mumkinligini ta'kidlamoqda.
Joriy mavsumda de Yong barcha musobaqalarda 31 ta uchrashuvda maydonga tushdi, bitta gol urdi va etti bor sheriklariga golli uzatma berdi.
"Barselona" va "Atletiko" o'rtasidagi Chempionlar Ligasi chorak final dastlabki uchrashuvi chorshanba kuni, 8 aprel kuni bo'lib o'tadi. Qarama-qarshilik Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.





275